Singapur bilan hamkorlikda o‘tkazilgan trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi
180
28.03.2025
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan treningning yakuniy tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda treninglarni olib borgan xalqaro ekspertlar – Atraju Kanan Ramdas, Doktor Turner Lam, Abu Bakar Bin Farid, Mr. Fairoz D‘Cruz hamda Dr Oh Boon Senglarga minnatdorchilik bilan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Trening ishtirokchilari – matematika va tabiiy fanlar master-trenerlariga sertifikatlar topshirildi.
Endilikda master-trenerlar hududlarda kaskad usulidagi seminar-treninglarni davom ettiradilar.