Singapur bilan hamkorlikdagi treninglarning ikkinchi kuni matematika va tabiiy fanlar master trenerlari uchun tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dastur bilan davom etdi.

254 25.03.2025

Treningda matematik muhokamalarni boshqarish va savol berish texnikalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha esa amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar fanlarning zamonaviy o‘qitish metodlarini o‘rgandi. Master trenerlarda analitik fikrlash va tadqiqotlar olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun kreativ yondashuvlar qo‘llanildi.

Treningning amaliy qismlarida interaktiv mashg‘ulotlar va guruh ishlari tashkil etilib, har bir fan bo‘yicha maxsus laboratoriya ishlariga asoslangan ta’lim texnikalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar o‘zaro fikr almashish, bilimlarini baham ko‘rish va yangi yondashuvlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech