Singapur bilan hamkorlikdagi treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida 24-27-mart kunlari matematika va tabiiy fanlar master trenerlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.
Bugun tadbirning dastlabki ochilish qismi tashkil etilib, unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, institut rektori Abduvali Ismailov hamda singapurlik taʼlim ekspertlari Atraju Kanan Ramdas, Doktor Turner Lam, Abu Bakar Bin Farid, Mr. Fairoz D’Cruz hamda Dr Oh Boon Seng qatnashdilar.
Treninglarga respublikaning barcha hududlaridan ilg‘or ish tajribasi hamda pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilar – master-trenerlar tanlab olingan.
Treningda ishtirok etgan master trenerlar olgan bilim, ko‘nikma va tajribalarini "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlari doirasida o‘z hududlarida treninglar tashkil etishlari rejalashtirilgan.