Singapur “Marshall Cavendish Education” taʼlim tashkiloti ekspertlari tajribasi kaskad usulida hududlarda davom ettirilmoqda

308 05.08.2024

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼulligida hududiy Pedagogik mahorat markazlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamkorligida kurslarga start berildi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyatida ham tanlab olingan mentor-o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari boshlandi.

Kaskad usulidagi o‘quv-treninglarni tashkil etishdan maqsad, Singapur tajribasi asosida maktab rahbarlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish, ilg‘or tajribalar bilan  tanishtirish, o‘quvchilar bilimi va ko‘nikmalarini baholash hamda rivojlantirish, “Marshall Cavendish Education” taʼlim tashkiloti ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan treninglarda berilgan tajribalarni respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablari va fan o‘qituvchilariga to‘liq yetkazishdan iborat.

Maʼlumot o‘rnida eslatib o‘tish joizki, Singapur davlati taʼlimga oid nufuzli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lib, taʼlimga sarmoya kiritish, inson kapitalini rivojlantirishga eʼtibor qaratish orqali mamlakat taraqqiyotiga erishgan davlat sifatida eʼtirof etiladi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech