Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti hamkorligida matematika va tabiiy fan oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etilmoqda

746 08.07.2024

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti hamkorligida matematika va tabiiy fan oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etilmoqda.

Bugun tadbirning ochilish qismi oʻtkazilib, mashgʻulotlarga start berildi.

Unda vazirlik, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Marshall Cavendish Education tashkiloti mas'ullari, hamda Respublikamizdan jalb etilgan 200 nafar oʻqituvchi va 60 nafar koordinatorlar ishtirok etdi.

Ushbu kasbiy rivojlanish kursida tayyorlangan 200 nafar trenerlar mamlakatimizning 14 hududidagi oʻqituvchilarga yangi bilim va koʻnikmalarni etkazadilar.

Treningda xorijiy mutaxassislar tomonidan:

- Ta'lim tajribasi va jarayonlarni rejalashtirish;
- Ustozlar uchun ish rejasini tayyorlash va taqdim etish;
- PISA tadqiqotlari va uning ahamiyati kabi mavzularda soʻz yuritiladi.

Ishtirokchilar Singapur yondashuvlaridan foydalanib, innovasion dars oʻtish usullarini oʻzlashtiradi va amaliyotga tadbiq etadi.

Trening joriy yilning 12 iyuliga qadar davom etadi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech