Institut kengashida pedagoglar uchun 16 xil nomdagi o‘quv qo‘llanmalar nashrga tavsiya etildi
Institut kengashining 3-son yig‘ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan so'nggi farmon va qarorlar, shuningdek, “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroridagi tegishli topshiriqlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
➡️Shuningdek, kun tartibida quyidagi:
✅Malaka oshirish kurslari samaradorligini oshirish;
✅Doktorantlarning ilmiy tadqiqot natijalari tahlili;
✅Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
✅Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan oqilona foydalanish;
✅O‘quv jarayonlarini metodik ta‘minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Kengash so‘ngida professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar muhokama qilinib, tasdiqlandi.