“Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasidan foydalanuvchilar identifikatsiya qilinadi
Hozirgi kunda “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 500 ming nafardan ziyod rahbar va pedagog xodimlar ro‘yxatdan o‘tgan va malaka oshirish kurslarida o‘z kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini uzluksiz rivojlantirib kelmoqda.
Maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirib, Reestr orqali ariza bergan 9 ta nodavlat taʼlim tashkilotlari va ro‘yhat bo‘yicha 31 ta oliy taʼlim muassasalari umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelishmoqda.
Gugl kompaniyasining platforma yuzasidan bergan sarhisobiga ko‘ra, 2022-yil davomida foydalanuvchilar platformaga 326,0 million marotaba tashrif buyurgan. Bunda har bir foydalanuvchi platformadan o‘rtacha 572 marotaba foydalangan.
Gugl statistikasiga ko‘ra foydalanuvchilarning 78 foizi smartfondan, 22 foizi personal kompyuterdan hamda 1 foizdan kamrog‘i esa planshetdan foydalangan.
Ushbu raqamlar “Uzlyuksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasining taʼlim tizimidagi o‘rni va ko‘lamini belgilab beradi.
Galdagi vazifamiz platformadan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish, foydalanuvchi maʼlumotlarining haqiqiyligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashqi va ichki tizimlar ( One ID Yagona identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reestri) bilan integratsiya qilishdir. Va bu borada ishlar olib borilmoqda.