Vazir o‘rinbosari raisligida PISA 2025 tadqiqoti tajriba-sinovini tashkil etish yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazildi

571 18.04.2024

Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari va pedagogika markazlaridan masʼullar ishtirok etdi.

Unda hududiy va maktab koordinatorlariga tadqiqotda qatnashish bo‘yicha meʼyoriy, huquqiy va uslubiy hujjatlar hamda yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirildi.

Tanlangan maktablarda test va so'rovnoma jarayonlarini tashkil etish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, jumladan, uzluksiz elektr energiya va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash masalalari muhokama qilinib, vazifalar belgilandi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech