Vazir va rahbar ayollar uchrashuvi o‘tkazildi

179 20.02.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv dasturi doirasida tahsil olayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda vazir Hilola Umarova yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki va Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan yuksak eʼtibor va rag‘bat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 72 foizini va tizim rahbarlarining deyarli 50 foizini ayollar tashkil etishini alohida taʼkidladi.

O‘zaro do‘stona muloqotga aylangan uchrashuvda Vazir Hilola Umarova rahbarlik lavozimida ayollarning muhim o‘rni, bunga erishish yo‘lidagi sinovlarni yengib o‘tish, jamoani boshqarish borasidagi savollarga o‘z hayot yo‘li va kasbiy tajribasi misolida javob berib o‘tdi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech