"Virtual ko‘zoynak. Taʼlimda innovatsion yondashuv”

328 20.02.2025

✅A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida hududiy pedagogik mahorat markazlarida tashkil etilayotgan virtual o‘quv laboratoriya xonalaridagi META QUEST3 virtual ko‘zoynaklardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

✔️"Virtual ko‘zoynak. Taʼlimda innovatsion yondashuv” mavzusida tashkil etilgan seminarga hududiy pedagogik mahorat markazlarining virtual laboratoriya uchun masʼul bo‘lgan xodimlari jalb etildi.

Treningda META QUEST3 virtual ko‘zoynaklardan taʼlim jarayonida maqsadli va to‘g‘ri foydalnish bo‘yicha maʼlumotlar berilib, amalda ko‘rsatib o‘tildi.

Trening ishtirokchilari institut tomonidan hududiy pedagogik mahorat markazlariga beg‘araz ajratilgan texnika vositalarini amalda qo‘llab, foydalanishni tajriba qildilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech