Xalqro baholash dasturlari talablari asosida o‘tkazilgan baholash natijalari bo‘yicha tahliliy hisobot
Dunyoning rivojlangan davlatlari bugungi kunda taʼlim sifatini baholash maqsadida turli xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etib kelmoqda. Bunday dasturlardan eng mashhurlari PISA, PIRLS va TIMSS hisoblanadi. Prezident Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston ham 2030-yilga kelib PISA Xalqaro miqiyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi maqsad qilib qo‘yilgan.
Albatta, bunday xalqaro baholash dasturlarida munosib ishtirok etish yaxshigina tayyorgarlikni talab etadi. Shu maqsadda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan respublikamiz umumtaʼlim maktabi o‘quvchilarini PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlariga tayyorlovchi STesting platformasi ishlab chiqildi.
STesting – bu o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlari (PISA, PIRLS,TIMSS) doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim bo‘lib, videoqo‘llanmalar, turli xalqaro nashrlar hamda test-topshiriqlarni o‘z ichiga olgan innovatsion platformadir.
Shuningdek, STesting elektron platformasi – o‘quvchilarni ilm-fan yutuqlaridan boxabar va inson salomatligi bilan bog‘liq muammolarni hal etuvchi qarorlarni mustaqil qabul qilish, egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, tabiat va jamiyat hodisalariga nisbatan munosabat bildira olish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni hayotga tayyorlash va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Ushbu platformada 1449 ta test-topshiriqlari, 103 ta mediakurslar, 40 ta kimyo va biologiya fanlaridan malaka oshirish media kurslari o‘rin olgan. Shulardan, PISA xalqaro baholasʼh tadqiqotiga oid 30 ta blok va 489 ta savollar bo‘lsa, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotiga oid yesa 8 ta fanga tegishli 583 ta nazorat savollar joy olgan va PIRLS xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blokdan iborat 377 ta savollar platformaga joylashtirilgan.
STesting elektron platformasi statistikasiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, 2022-yilning fevral-iyul oylari davomida yurtimizdagi 7750 dan ortiq maktablar ushbu elektron plaftformadan ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, ularda 3000000 dan ortiq maktab o‘quvchilarimiz test-topshiriqlarni bajarib kelmoqdalar. Ushbu bajarilgan test-topshiriqlar 12 nafar malakali pedagog-mutaxassislar tomonidan o‘zbek va rus tillarida tekshirilib baholanmoqda. Hozirda 2000000 dan ortiq test topshiriqlar tekshirilib baholandi.
Ushbu raqamlar ortida O‘zbekistonning milliy taʼlim tizimini rivojlantirish, jozibadorligini oshirish, o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan milliy baholash tizimini yaratish maqsadlari ilgari surilgan.