Yakuniy nazorat (test sinovlari)ni tashkil etish jarayoni aprobatsiyadan o‘tkazilmoqda.
1949
24.02.2025
Ayni damda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 100 soatlik o‘quv dasturlar asosida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslarining yakuniy nazorat (test sinovlari)ni tashkil etish jarayoni aprobatsiyadan o‘tkazilmoqda.
Bunda “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasining yakuniy nazorat jarayonlariga tayyorgarligi hamda barcha malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan va platformaga joylashtirilgan testlarning dastlabki sinov bosqichi amalga oshirilmoqda.
Aprobatsiya jarayonlari tahlillaridan keyin berilgan takliflar asosida elektron platforma va testlar mazmuni takomillashtiriladi.