Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan amalga oshirilayotgan loyihaning yakuniy bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv tavsilotlari

165 23.06.2023

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan loyihalarni shakllantirish bo‘yicha maslahatchisi Sato Hidemi, vakolatxona mutaxassisi Valiyeva Dilorom ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar birgalikda oxirgi 2 yil mobaynida olib borilgan ishlar, jumladan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida olib borilayotgan “O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasining yakuniy bosqich natijalari, loyiha doirasida erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida so‘z bordi.

Uchrashuv yakunida tomonlar "O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasini davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqib, maktablarda malakali va bilimli mutaxassislarni saqlab qolish va kuchli yosh kadrlarni o‘qituvchilik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan yana bir yangi loyihani ishlab chiqishga hamda ushbu loyihani JICA tashkilotiga moliyalash uchun taqdim etishga kelishib oldilar.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech