“Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik”
“Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 418-F-son farmoyishiga binoan 2023-yilning 10-iyul sanasidan 10-avgust sanasiga qadar mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” tadbirlarini tashkil etish belgilangan.
Mazkur oylik doirasida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Olmazor tumani FVB xodimlari tomonidan institut xodimlari uchun yong‘in xavfsizligini taʼminlash va yong‘in bilan bog‘liq turli baxtsiz xodisalarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun va uning maqsadlari, moddalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Olmazor tumani FVB xodimlari tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil zilzila, sel kelishi qor ko‘chishi, kuchli shamol esishi kabi favqulodda vaziyatlar hamda boshqa kasalliklar to‘g‘risida ham tushunchalar berib o‘tildi.
