Yosh pedagog xodimlar o‘qituvchilik kasbida yana qancha ishlashni rejalashtirmoqdalar?

214 17.04.2023

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti tomonidan TALIS-2018 tadqiqotlari asosida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan maʼlum bo‘lishicha, o‘qituvchilarning kasbiy mehnat faoliyati bilan bog‘liq rejalari ularning yoshiga qarab o‘zgaradi.

Xususan, 30 yoshdan kichik o‘qituvchilar o‘z kasbida 15-25 yil (o‘rtacha 20 yil) qolishni istasa, 50 yoshdan katta o‘qituvchilar esa faqatgina 5-15 yil (o‘rtacha 10 yil) o‘z faoliyatini davom ettirishni bildirgan, yaʼni ularning rejalari asosan nafaqaga chiqishgacha, deb ifodalash mumkin.

OECD mamlakatlarida bu ko‘rsatkichlar esa yosh o‘qituvchilarda o‘rtacha 24 yil, yoshi katta o‘qituvchilarda esa o‘rtacha 7 yilga tengdir. mehnat tajribasi 5 yildan oshmaydigan o‘qituvchilar o‘zlarining tajribali hamkasblariga qaraganda o‘rtacha 10 yil ko‘proq vaqt o‘qituvchi bo‘lib ishlashni rejalashtirmoqdalar. Aynan shunday tendensiya OECD davlatlarida o‘rtacha – 8 yilga teng bo‘ladi.

2024-yil

Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech