“Zamonaviy maktablarda o‘qitish uslublari: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi mazkur rus-o‘zbek ilmiy-metodik konferensiyasi tashkil etildi
Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida konferensiya tashkil etildi.
“Zamonaviy maktablarda o‘qitish uslublari: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi mazkur rus-o‘zbek ilmiy-metodik konferensiyasi Gessen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada maktabgacha va maktab taʼlimining hududiy boshqarmasi vakillari, pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy milliy markaz vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida umumtaʼlim maktablarida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish, biologiya, fizika, kimyo hamda boshlang‘ich taʼlimni rus tilida o‘qitish metodikalari bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Konferensiya sho‘balari to‘g‘risida batafsil keyingi postlarimizda...