Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida edo.ijro.uz tizimidagi hujjatlar hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi bo‘yicha tahliliy MA’LUMOT
Institutga kelib tushgan hujjatlarning ijrosi bo‘yicha:
Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Institutning barcha tarkibiy bo‘lim, markaz, kafedralari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar soni 1109 tani tashkil etadi.
Shundan: muddatidan oldin bajarilgan topshiriqlar soni 700 ta, muddatidan kech bajarilgan topshiriqlar soni 323 ta, jarayondagi topshiriqlar soni 74 ta, bajarilmagan topshiriqlar soni 12 tani tashkil etadi.
Institut ichki hujjat (buyruq, bayon, bildirgi, chora-tadbir)larining ijrosi bo‘yicha:
Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Institut ichki hujjat (buyruq, bayon, bildirgi, chora-tadbir)larida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar soni 924 tani tashkil etadi.
Shundan: muddatidan oldin bajarilgan topshiriqlar soni 547 ta, muddatidan kech bajarilgan topshiriqlar soni 264 ta, jarayondagi topshiriqlar soni 75 ta, bajarilmagan topshiriqlar soni 38 tani tashkil etadi.
Institutga kelib tushgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi bo‘yicha:
Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Institutga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni jami 466 tani tashkil etadi.
Shundan: 401 ta muddatidan oldin bajarilgan, 63 ta muddatidan kech bajarilgan, jarayondagi 2 ta.