Ilmiy etika qoidalari va Noshirlik kengashi faoliyati (yangi tahrir)

9 30.10.2026 2 ta fayl

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining ilmiy faoliyatga oid Ilmiy etika qoidalari yangi tahrirda e’lon qilinmoqda. Rektorning 2026-yil 26-oktabrdagi 232-as-sonli buyrug‘i bilan 2026-yil 10-iyundagi 108-as-sonli buyruq bilan tasdiqlangan qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi. Buyruq Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qaroriga muvofiq, institutda malaka oshirish faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Yangi tahrirdagi asosiy o‘zgarish shundan iborat: Ilmiy etika qoidalari endi malaka oshirish, menejerlik va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga ham tatbiq etiladi. Bu tinglovchilar pedagog xodimlar, direktorlar, direktor o‘rinbosarlari va nomzodlardir. Ular o‘quv-metodik topshiriqlarni bajarayotganda quyidagilar akademik halollik qoidalarining buzilishi hisoblanadi:

  • plagiat va o‘zlashtirish;
  • ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki qalbaki ma’lumot yaratish;
  • sun’iy intellektdan foydalanish talablarini buzish.

Tinglovchi topshiriqda sun’iy intellektdan foydalangan bo‘lsa, topshiriq oxirida bu haqda va undan qanday maqsadda foydalanganini ko‘rsatishi shart. Buni ochiqlamaslik akademik halollikni buzish deb baholanadi. Tinglovchilar bu talablar bilan “Uzluksiz kasbiy rivojlanish” platformasining oferta shartlari orqali tanishtiriladi.

Qoidalarning boshqa bo‘limlari o‘zgarishsiz qoldi: ilmiy etika tamoyillari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, retraksiya, ilmiy faoliyatda sun’iy intellektdan foydalanish tartibi. Noshirlik kengashining ish tartibi va tarkibi ham avvalgidek.

Ilova qilingan hujjatlar:

  1. Rektorning 2026-yil 10-iyundagi 108-as-sonli buyrug‘i: Ilmiy etika qoidalari, Noshirlik kengashining ish tartibi va tarkibi.
  2. Rektorning 2026-yil 26-oktabrdagi 232-as-sonli buyrug‘i: Ilmiy etika qoidalariga kiritilgan qo‘shimchalar.

Ilmiy faoliyat

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech