"2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida hisobot"

856 03.03.2025 1 ta fayl

Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim tashkilotlari rahbar, mutaxassis va pedagog kadrlarining 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasini tasdiqlash haqida”gi 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, mazkur buyruq bilan Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining rahbar, mutaxassis va pedagog kadrlarini 2024-yilda malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlangan. Buyruq ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  1. Rahbar kadrlarning malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:

2024-yilda 9 729 nafar ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, joriy yilda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 6 553 nafari (109,2%) malaka oshirish kurslarida o‘qitildi.

  1. Pedagog kadrlarning malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:

2024-yilda 488 830 nafar pedagog xodimlari malaka oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, Pedagogik mahorat markazlariga 291 145 nafar, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali 75 099 nafar, malaka oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlariga 122 586 nafar tinglovchilar jalb etilishi belgilangan.

Shundan, hisobot davrida Pedagogik mahorat markazlarida 298 921 nafar (102,7%), “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali 180 764 (240,7%) nafar, malaka oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida 8 903 nafar (7,3%), ya’ni, jami 488 994 nafar (100,0%) pedagog uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida o‘qitildi (jadval ilova qilinadi).

2024-yilda reestr orqali kelib tushgan taqdim etilgan tartibda ko‘rib chiqilib, belgilangan talablarga javob beradigan 9 ta nodavlat ta’lim tashkilotiga (“Orzu qanoti”, “Turon international school group”, “Tafakkur charxpalagi”, Md-soft, “Ziyo Muallim Pedagoglar Rivojlanish Markazi”, Marcos Soft, Repetitor-test, Smart eduspace”) uzluksiz kasbiy malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

 

III. Qo‘shimcha va qisqa muddatli kurslarning tashkil etilishi:

Shuningdek, Toshkentdagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yil 8-13-yanvar kunlari 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari 36 soatlik malaka oshirish kurslariga jalb qilindi.

Shuningdek, Singapurning MARSHALL CAVENDISH educational Xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiyasi doirasida 161 nafar rahbar va pedagog kadrlar (trener-koordinatorlar sifatida) ishtirok ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-sonli bayoni, 24-bandida 2024-yildan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi asosida hududiy pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimini joriy etish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 14-son buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyrug‘ning 1-ilovasi bilan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari professor-o‘qituvchilari uchun Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi asosida ishlab chiqilgan malaka oshirish kursining o‘quv dasturi hamda 1-ilovadagi o‘quv dasturi asosida pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari professor-o‘qituvchilarining 2024-yilda malakasini oshirish rejalashtirilgan jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Buyruqqa asosan shu kunga qadar Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi asosida malaka oshirish kurslarining 4-bosqichgacha bo‘lgan o‘quvlari tashkil etilgan.

Vazirlikning 2024-yil 29-noyabrdagi 03-33-3532-son xatiga asosan joriy yilning 3 – 5-dekabr kunlari onlayn shaklda malaka oshirish kurslarining 5-bosqichi (yakuniy bosqich) tashkil etildi.

Ushbu malaka oshirish kurslarining onlayn dars mashg‘ulotlari ishlab chiqilgan o‘quv dasturi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Shuningdek, tajribali xorijlik mutaxassislar belgilangan kunlari 8 ta mavzu bo‘yicha jami 36 soatli dars mashg‘ulotlari o‘qitildi. Jumladan:

  • O‘qituvchining fasilitatorlik mahorati. Dars jarayonida interfaol usullarni qo‘llash. Darsda muammoli ishtirokichilar bilan ishlash;
  • Raqamlashtirish bo‘yicha tajriba. O‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalari. O‘qituvchilarga yordam berish uchun platformalar, veb-saytlar, xizmatlar, o‘qituvchilar bloglari, kanallari;
  • “Zamonaviy o‘qituvchi uchun 4k modeli”;
  • “Zamonaviy o‘qituvchi uchun 4k modeli: tahliliy fikrlash va ijodkorlik”;
  • Inson motivatsiyasi bilan ishlashda o‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyasi. Ta’lim natijalari sifatiga ta’sir etuvchi omillar (J. Xetti bo‘yicha).

 

  • O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy motivatsiyasi. Muloqot madaniyati;
  • Darsda loyiha ishlaridan foydalanish orqali tanqidiy tahlilga asoslangan ta’lim jarayonini rivojlantirish;
  • Ta’lim jarayoni markazida o‘rganuvchi o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv mavzulari bo‘yicha o‘quvlar olib borildi.

Onlayn dars mashg‘ulotlariga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Pedagogik mahorat markazlaridan jami 526 nafar professor-o‘qituvchilar ishtiroki ta’minlandi.

Mazkur malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan professor-o‘qituvchilarga “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali sertifikatlar taqdim etildi.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi47
  2. Andijon viloyati26
  3. Buxoro viloyati32
  4. Jizzax viloyati20
  5. Qashqadaryo viloyati12
  6. Navoiy viloyati33
  7. Namangan viloyati35
  8. Samarqand viloyati60
  9. Surxondaryo viloyati41
  10. Sirdaryo viloyati47
  11. Toshkent viloyati35
  12. Farg‘ona viloyati66
  13. Xorazm viloyati34
  14. Toshkent shahar38

Jami: 526

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi 231-son qarori asosida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi uzluksizligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati va samaradorligini oshirish maqsadida pedagoglarimiz uchun 5 yilda bir marta o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari oralig‘ida “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini bosqichma-bosqich o‘tkazilishi belgilandi.

Vazifaning ijrosi bo‘yicha vazirlikning tegishli buyrug‘i (2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyruq) bilan “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni tadbirlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi va fanlar kesimida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 27-sentyabrdagi 317-son buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining o‘quv reja va dasturlari tasdiqlandi.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlarini tashkil etish maqsadida Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan tuman (shahar)lardagi ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Kasbiy rivojlanish tadbirlarining birinchi bosqichida aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha qamrab olinishi rejalashtirilgan 127 nafar master-trenerlar, 792 nafar mentor-o‘qituvchilar, 20 167 nafar yetakchi o‘qituvchilar va 92 000 nafar fan o‘qituvchilarining ro‘yxatlari shakllantirildi.

Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida kasbiy rivojlanish tadbirlarini sifatli tashkil etish maqsadida Singapur Respublikasining xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda master-trener hamda mentor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘quv materiallari ishlab chiqildi hamda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali master-trener, mentor, yetakchi o‘qituvchilar hamda tegishli fan o‘qituvchilariga yetkazib berildi.

Joriy yilning sentyabr-dekabr oylari davomida 20 167 nafar yetakchi o‘qituvchilar “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari, 92 000 nafar aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida o‘qitilishi tashkil etildi.

 

Ilmiy faoliyat

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech