“Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan “Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan.
Mazkur konferensiya materiallari to‘plami 2025-yil 12-dekabrda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman natijalarini o‘z ichiga oladi.
Konferensiya A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb muammolari, ularning yechimlari hamda ta’limni rivojlantirish tendensiyalari yuzasidan ilmiy fikrlar va amaliy tavsiyalar muhokama qilingan.
Materiallar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi yetakchi olimlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlangan.
Nashrda ishtirok etganlar:
A.A. Ismailov, S. Kazakova, D.M. Xakimova, F.A. Nasrullayeva, D. Vohidov, Z. Mahmudov, F. Farhodov.
TASHKILIY QO‘MITA VA TAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI
- A.A. Ismailov — A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori
- S. Kazakova — akademik faoliyat bo‘yicha prorektor
- D.M. Xakimova — “Ijtimoiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri
- S. Jumanazarov — “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri
- M.T. Ergasheva — “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri
- F.A. Nasrullayeva — kafedra v.b. dotsenti
- D. Vohidov — kafedra v.b. dotsenti
- Z. Mahmudov — kafedra v.b. dotsenti
- F. Farhodov — bosh mutaxassis