“Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish: muammo va yechimlar” republika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami.
Toʻplamda 2025-yil 15-aprel kuni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida boʻlib oʻtgan “Fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari oʻrin olgan. Konferensiyada ta’lim muassasalarida oʻqitish metodikasining dolzarb muammolari, fanlarni oʻqitishda oʻquvchilarning oʻquv tadqiqotchilik koʻnikmalarini rivojlantirish yoʻllari, fanlarni oʻqitish samaradorligini xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, TIMSS, PISA) asosida oshirish, oʻquvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻllari, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish kabi sohalarda innovatsion yondashuvlar ilmiy va amaliy jihatdan muhokama etildi.
Toʻplam pedagogik mahorat milliy markazlari, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar hamda ushbu masalalarga qiziquvchi mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun moʻljallangan.
Mazkur toʻplamga kiritilgan materiallarning mazmuni, undagi barcha ma’lumotlar, me’yoriy hujjatlar sanasining toʻgʻriligiga hamda tanqidiy fikr-mulohazalarga mualliflarning shaxsan oʻzlari mas’uldirlar.