Biologiya fanini o‘qitishda taʼlimga va shaxsga oid metodikalarni bog‘liqligi va farqli jihatlarini tahliliy o‘rganish
1056
22.06.2023
Xurliman Kdirbayeva
Pedagoglar faoliyati davomida, birinchi navbatda sifatli taʼlim berish bo‘yicha doim kreativ yondashishga harakat qilib kelgan. Biroq, pedagogika sohasida yangi tushuncha bo‘lgan shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim atamasi kirib keldi. Maqolamiz davomida biologiya fanini o‘qitishda taʼlimga va shaxsga oid metodikalarning bog‘liqligi hamda farqli jihatlarini tahliliy o‘rganishdan avval, ushbu tushunchaning fanga kirib kelish tarixi, shaxsga yo‘naltirilgan taʼlimning xususiyatlari, maqsadi va boshqa pedagogik va psixologik tomonlariga to‘xtalamiz. Undan keyin biologiya fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metodlarning o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan sifatlarini tahlil qilamiz.