Otamurodov G'olibjon Ro‘zimurodovich

Bo‘lim boshlig‘i

Otamurodov G'olibjon Ro‘zimurodovich

Test 3

Doktorantura bo‘limi boshlig‘i:

 - Bo‘lim faoliyatini tashkil qiladi, boshqaradi va bu faoliyat bilan bog‘liq barcha jarayonlarni muvofiqlashtiradi;

- bo‘limning yillik ish rejasini tuzadi, uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqqa kiritadi va bajarilishini ta’minlaydi;

- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va tegishli vazirliklar tomonidan beriladigan vazifalarni ijrosini ta’minlaydi;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarida ilmiy bo‘limlar, markazlar va bo‘lim xodimlarining sohaga oid muammolarini yechishga doir loyihalari bilan ishtirokini ta’minlashni tashkil qiladi;

- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullarini qo‘llashda ilmiy bo‘limlar va bo‘limlar bilan ishlarni tashkillashtiradi;

- ilmiy bo‘limlar bilan hamkorlikda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida bo‘layotgan yangiliklar, o‘qitishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, bu borada boshqa davlatlardagi tajribalarni o‘rganish va uni amalda qo‘llash borasida institut rahbariyatiga asoslangan takliflar tayyorlaydi va vakolatlari darajasida ularning ijrosini ta’minlaydi;

- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq amaliy takliflar rejasini ishlab chiqadi va institut rahbariyatiga taqdimot kiritadi;

- oliy ta’limdan keyingi ta’limning tegishli shakllari bo‘yicha ta’limni tashkil etadi;

- bo‘lim xodimlari ishlarini taqsimlaydi va ularning mehnat faoliyatini nazorat qiladi, ilmiy, uslubiy ko‘rsatmalar beradi;

- xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

- xodimlarning o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilimlarini oshirishi va ish natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho beradi hamda ularni rag‘batlantirish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;

- bo‘limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;

- bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini bo‘lim bosh mutaxassisi amalga oshiradi.

Doliyev Asliddin To'lqinjon o'g'li

yetakchi mutaxassis

Doliyev Asliddin To'lqinjon o'g'li

Doktorantura bo‘limi yetakchi mutaxassisi: 

 - Institut Ustavi talablariga va mehnat intizomiga qat’iy rioya etadi;

- ilg‘or va rivojlangan ish tajribalarini o‘rganadi va tarqatadi;

- bo‘limning yillik ish rejasini tuzishda, hisobotlar tayyorlashda faol ishtirok etadi;

- bo‘limning ish rejasini bajarish yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borilishini ta’minlaydi;

- bo‘lim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bo‘lim boshlig‘iga taklif va tavsiyalar, ishlanmalar, dasturlar tayyorlaydi va kiritadi;

- rejalashtirilgan masalalarni bajarilganligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qiladi va uni umumlashtiradi;

- bo‘lim hujjatlarini tartibli yuritish ishlarini bajaradi;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hemis, anjuman.uz, magistr.edu.uz platformalariga hujjatlarni Nizom talablariga muvofiq o‘z vaqtida kiritishni tashkil etadi;

- yuqori tashkilotlardan kelgan xatlar va buyruqlarni edu.ijro.uz elektron tizimi orqali qabul qiladi va bu bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga axborot beradi, shuningdek, ularni bajarilishi yuzasidan ma’lumotni tegishli xujjatlarda belgilangan muddatdan kechiktirmay rasmiylashtiradi;

- bo‘lim uchun biriktirilgan jihozlar va asbob uskunalarning saqlanishini ta’minlaydi;

- institut faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi;

- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:

pora taklif qilmaslik;

va’da bermaslik;

pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;

bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;

pora olmaslik;

biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;

mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;

o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.

Institut

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech