
Darvishxo'jayev Abdurashid Abdulxakimovich
Ta’lim xizmatlari markazi direktori:
- Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Institutning qaror va buyruqlari asosida markazdagi o‘quv-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonini va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi, boshqaradi va markazning faoliyati uchun to‘liq javob beradi;
- markazning pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, kadrlarni tanlash va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi;
- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi;
- ehtiyojga ko‘ra, ta’lim xizmatlarini tashkil etadi, jarayonni nazorat qiladi;
- tashkil etilgan xizmatlar va o‘quv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarni qo‘llanishiga rahbarlik qiladi;
- markazni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishi, Markazni boshqarishning tashkiliy tarkibini va shartnomalar tuzishni, nizomlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar o‘tkazishni tashkillashtiradi;
- tashkil etilgan ta’lim xizmatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni institut rahbariga tasdiqqa kiritadi hamda ijrosini sifatli tarzda ta’minlashga javob beradi.
- xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlarini bajarishini, markaz xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy lokal hujjatlar, kasbiy odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish hamda qat’iy rioya etilishini nazoratga oladi;
- ta’lim xizmatlarining tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida olib borilishini nazorat qiladi;
- Markazning yillik, choraklik hisobotlarini tayyorlaydi;
- pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratadi;
- Ta’lim xizmatlarini tashkil etishda ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilarni institut rahbariyatiga tavsiya qiladi.
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
Markaz direktori vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini Markaz direktori o‘rinbosari amalga oshiradi.

Mexmonov Ismat Toshpo‘latovich
Direktor o'rinbosar
Mexmonov Ismat Toshpo‘latovich
Ta’lim xizmatlari markazi direktor o‘rinbosari:
- Tashkil etilgan ta’lim xizmatlariga oid buyruqlarini markaz rahbari bilan ishlab chiqadi va institut rahbariga tasdiqqa kiritadi;
- ta’lim iste’molchilariga tegishli elektron platformada davlat namunasidagidek hujjat (diplom, sertifikat, ma’lumotnoma) tayyorlaydi;
- har oyning oxirida, faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi;
- ijro tizimidan kelib tushadigan murojaatlarga tegishli tartibda javob berishda markaz rahbariga ko‘maklashadi;
- markazning ichki tartib-qoidalarining xodimlar va tinglovchilar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat qiladi;
- tinglovchilarni innovatsion metodlar bilan o‘qitishning o‘quv dasturini kafedralar bilan hamkorlikda ishlab chiqadi;
- o‘quv mashg‘ulotlarini tahlil qiladi;
- markaz va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali mexanizmlarini topadi;
- o‘quv jarayonini tashkil qiladi, ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
- pedagog xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
- texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibda, pedagogik xodimlar mehnatini va tinglovchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlaydi;
- hududiy markazlarda tashkil etiladigan ta’lim xizmatlari faoliyatini nazorat qiladi;
- ishning sifat va son ko‘rsatkichlarini, rejali vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
- markaz faoliyatining o‘quv rejalarini bajarilishini nazorat qiladi, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqadi;
- kafedralar bilan hamkorlikda fanlar kesimida mavzu banklari, oraliq va yakuniy nazorat test banklari, namunaviy o‘quv dasturlari, fan dasturlari va o‘quv va boshqa xizmatlar rejalarini ishlab chiqadi, institut ilmiy kengashiga tasdiqqa kiritadi.
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- Markaz direktori vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini Markaz direktori o‘rinbosari amalga oshiradi