
Sodiqov Rafikjon Turobjon-o‘g‘li
Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi direktor o‘rinbosari:
- Tashkil etilgan kurslarning hujjatlari yuritilishini nazorat qiladi;
- o‘quv rejaga asosan menejerlik kurslari uchun dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar va trenerlarni institut rahbariyatiga tavsiya qiladi;
- Markazning ichki tartib-qoidalarining xodimlar va kurs ishtirokchilar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat qiladi;
- kurs ishtirokchilarni innovatsion metodlar bilan o‘qitishning o‘quv dasturini professor-o‘qituvchilar va trenerlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadi va xorijiy tajribalar asosida takomillashtirib boradi;
- yakuniy attestatsiya jarayonini tashkillashtiradi, nazorat qiladi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, takomillashtirib boradi;
- o‘quv mashg‘ulotlarini tahlil qiladi;
- o‘quv kurslarini takomillashtirish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini tashkil etadi;
- o‘quv kursida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
- mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun trenerlar tayyorlashni tashkil etadi;
- mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik ishlarini tashkillashtiradi;
- tayanch ta’lim muassasalarini aniqlaydi va ular bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
- markaz xodimlari va professor-o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, muammolarini aniqlash va ularni hal qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqadi;
- o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
- Markazning hududlarda (viloyatlarda) tashkil etiladigan menejerlik kurslaridagi guruhlar faoliyatini tashkil etadi;
- Markaz ishlarining sifat va son ko‘rsatgichlarini, rejali vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
- Markazning strategik rejasini tuzish, markaz hisobotlari, o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- Markaz direktori tomonidan qonunchilikda belgilangan Markaz faoliyatiga oid boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
- pora taklif qilmaslik;
- va’da bermaslik;
- pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
- bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
- pora olmaslik;
- biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
- mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
- o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.
- Bo‘lim boshlig‘i vaqtincha ishda bo‘lmaganda yoki mazkur lavozim bo‘sh (vakant) bo‘lganda (mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga ko‘ra) uning vazifasini Markaz direktori o‘rinbosari amalga oshiradi.

Saidqulov Sodiqjon Botirovich
Bosh mutaxassis
Saidqulov Sodiqjon Botirovich
Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi bosh mutaxassisi
- O‘quv-mashg‘ulotlari va boshqa o‘quv tadbirlari jadvalini tuzadi;
- professor-o‘qituvchilar va trenerlarning o‘quv mashg‘ulotlarini dars jadvali asosida olib borishini tashkillashtiradi hamda nazorat qiladi;
- tayanch maktablarda maktab amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
- guruh jurnallarining o‘z vaqtida va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qilish va saqlanishini ta’minlaydi;
- o‘quv ishlari holati va natijalari to‘g‘risida hisobotlar tayyorlaydi;
- kurs ishtirokchilarga maslahatlar beradi;
- o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan hujjatlarni yuritadi;
- o‘quv jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini olib boradi;
- o‘quv kursining ishchi dasturi asosida kontentlar tayyorlanishini tashkillashtiradi va nazorat qiladi;
- Markazning hududlarda (viloyatlarda) tashkil etiladigan menejerlik kurslaridagi guruhlar faoliyatini nazorat qiladi;
- amaliy mashg‘ulotlar taqdimotini o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
- Markazning strategik rejasini tuzish, markaz hisobotlari, o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- nazorat qiluvchi va texnik hujjatlarni tuzish;
- Institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida kafedra va bo‘limlar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish;
- Markaz direktori tomonidan qonunchilikda belgilangan markaz faoliyatiga oid boshqa vazifalar ham yuklatiladi.
- o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida:
pora taklif qilmaslik;
va’da bermaslik;
pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik;
bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
pora olmaslik;
biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik.