"Ta'lim menejmenti" o'quv qo'llanma
Nomi: "Ta’lim menejmenti" o‘quv qo‘llanma
Mualliflar: H. Umarova, A. Ismailov, E. Xudoyberdiyev.
Mazkur o‘quv qo‘llanma davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari va rahbarlik lavozimiga nomzodlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim menejmentining nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Unda ta’lim muassasasini boshqarishning ilmiy asoslari, strategik menejment, boshqaruv psixologiyasi, ta’lim sifatini boshqarish, liderlik, kommunikativ strategiyalar, loyiha boshqaruvi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish masalalari tizimli ravishda bayon etilgan. Qo‘llanma ta’lim tashkilotlari rahbarlari, menejerlik kurslari tinglovchilari, magistrantlar, tadqiqotchilar va ta’lim boshqaruvi sohasi mutaxassislari uchun amaliy va metodik manba sifatida xizmat qiladi.