Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar (I qism)
Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar (I qism)
S. Rashidova, S. Akbarova. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: BAYOZ, 2025. 140 bet.
Qo‘llanma umumta’lim maktablarining tabiiy fan o‘qituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslariga mo‘ljallangan. Unda avval XXI asr ko‘nikmalari, tabiiy fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standarti va yangi avlod darsliklari tahlil qilinadi. So‘ng darsni zamonaviy tarzda tashkil etish modellari birma-bir yoritiladi: 5E va SAMR, Kolbning tajribaviy o‘rganish modeli, TPACK, SMART, muammoli ta’lim va STEAM yondashuvi. Blum taksonomiyasi asosida tabaqalashtirilgan topshiriqlar tuzish, raqamli ta’lim resurslari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida bo‘limlar ajratilgan. Singapur tabiiy fanlar ta’limi modeli va AQShning NGSS standarti kabi xorijiy tajribalar ham ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchi kitobdagi texnologiyalarni o‘z fani, sinfi va sharoitiga moslab qo‘llashi yoki ular asosida o‘z usulini yaratishi mumkin. Qo‘llanma oxirida glossariy, xulosa va tavsiyalar berilgan.
Qo‘llanma institut Kengashining 2025-yil 26-iyundagi 6-son qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.