Tabiiy va iqtisodiy fanlar o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi
Tabiiy va iqtisodiy fanlar o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi
H. Davletova, A. Minavvarov, X. Ostanova, S. Rashidova, A. Axmedova. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2025. 164 bet.
Qo‘llanma 2025–2026-o‘quv yilidan maktablarda joriy etilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari uchun yaratilgan. U fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot hamda tabiiy fan (science) o‘qituvchilariga, jumladan, master, mentor va yetakchi o‘qituvchilarga mo‘ljallangan. Kitob o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlarini belgilashdan boshlanadi. So‘ng hamkasblar bilan konstruktiv fikr almashish, darsda maqsad, mazmun va faoliyat uyg‘unligi, o‘quvchiga yo‘naltirilgan muhit yaratish, baholash natijalariga tayanib ishlash, dars kuzatuvi va refleksiv tahlil kabi mavzular yoritiladi. Keyingi boblar so‘rovga asoslangan ta’lim, STEAM yondashuvi, ekologik ong va barqaror rivojlanish uchun ta’lim asosidagi loyiha ishlariga bag‘ishlangan. Raqamli platformalar, PhET kabi simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalardan foydalanish ham shu boblarda ko‘rsatilgan. Ilovalarda SMART maqsad jadvali va boshqa tayyor grafik organayzerlar, so‘ngida nazorat savollari berilgan.
Qo‘llanma institut Kengashining 2025-yil 18-oktyabrdagi 11-son qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.