Direktor tinglovchilar uchun xususiy maktabda ko‘chma dars

892 01.12.2022 17:24 Sehriyo xususiy taʼlim muassasasi

Direktor tinglovchilar uchun xususiy maktabda ko‘chma darslar tashkil etildi. Maktablarda samarali boshqaruvni tashkil etish, yangilikka intiluvchi jamoaning shakllantirilishi o‘z navbatida taʼlim sifatining ham oshishiga olib keladi. Bunda, avvalo, rahbar kadrlarning salohiyati eng muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti ham o‘z direktor tinglovchilari uchun poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan Sehriyo xususiy taʼlim muassasasida ko‘chma darslarni tashkil etdi.

Bunda tinglovchilar mazkur maktabda yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tizimi, dars taqsimoti, olib borilayotgan to‘garaklar, sinfxonalardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazib, ularning bilim salohiyatlari, ular tomonidan yaratilgan ijodiy ishlarni ko‘zdan kechirdilar.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech