Avloniy instituti Polshaning Ta’lim tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov Polshaning Ta’lim tadqiqotlari instituti (IBE PIB) direktor o‘rinbosari Tomasz Gajderowicz bilan uchrashdi.
IBE PIB Polshada PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bilan birga, ayni paytda “Reforma26” ta’lim islohotini ilmiy tadqiqotlar va dalillarga asoslangan yondashuvlar orqali amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
➖Xalqaro tadqiqotlar natijalarini pedagoglar malakasini oshirishga joriy etish;
➖o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining kasbiy rivojlanishini tadqiq etish;
➖Ilmiy asoslangan malaka oshirish dasturlari va qo‘shma RCT tadqiqotlarini ishlab chiqish;
➖ta’lim islohotlarini ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish.
Uchrashuv yakunida ikki institut o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajriba almashish hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


