Germaniya bilan pedagoglar malakasini oshirish va ta’lim tadqiqotlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

31 19.10.2026

Germaniyaning Drezden texnika universiteti O‘qituvchilar ta’limi, maktab va kasbiy ta’lim tadqiqotlari markazi direktori, professor Axel Gehrmann hamda bo‘lim rahbari, doktor Peggy Germerlar Abdulla Avloniy nomidagi institutga tashrif buyurdilar.

Mehmonlar bilan institut rektori Abduvali Ismailov va mas’ullarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Muloqotda quyidagi:
➖pedagoglarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish;
➖ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari;
➖ilmiy markazlar faoliyatini rivojlantirish;
➖o‘zaro tajriba almashish;
➖ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, ta’lim tadqiqotlari yo‘nalishida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. Germaniyalik hamkorlar institut vakillarini Drezden texnika universitetiga taklif etdilar.Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, institut kutubxonasi, JALINGA studiyasi va STEAM markazi faoliyati hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech